“Eng yaxshi she’r ijrochisi” tanlovi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” HALda I-bosqich oquvchilari orasidan yangi iqtidor va qobiliyat egalarini aniqlash maqsadida “Eng yaxshi she’r ijrochisi” tanlovi otkazildi.

Tanlov ishtirokchilari o‘zlari ona, vatan, mehr, vijdon, askar haqida yod olgan she’rlarini ifodali o‘qish qoidalari asosida obrazga kirishgan holda ijro etishdi.

Har bir ishtirokchining ijrosi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Natijalarga ko‘ra,
2-23 guruhi o‘quvchisi Bobur Baxtiyorov I-o‘rinni,
6-23 guruhi o‘quvchisi Ilhom Aliyev II-o‘rinni,
1-23 guruhi o‘quvchisi Temur Quvataliyev III-o‘rinni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.