Aholi va hududlar xavfsizligi yo‘lida

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha maskanlaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan kuchaytirilgan tartibda barcha zarur tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, kuni kecha viloyat FVB boshlig‘i, tuman hokimi, sektor rahbarlari va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida mavsum davrida aholini va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni uzluksiz gaz hamda elektr resurslari bilan ta’minlash, energetika obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.