Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Muzrabot tumanida joylashgan ko‘p kvartirali uylar, ularning yerto‘lalari, aholi yashash xonadonlari hamda ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida mutasaddilar aholi bilan uchrashib, ularning ayni sohaga oid muammo va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholi yashash xonadonlarining dudburonlari tozalanib, is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.