Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.X.Djo‘rayev boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolati boʻyicha o‘rganish ishlarini olib bordi

Bugungi kunda ijtimoiy soha obyektlari, elektr va gaz tarmoqlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashi, ko‘p kvartirali uylarni mavsumiga tayyorlash, aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olgan xolda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.Djo‘rayev boshchiligida, Fargʻona viloyatidagi aholi va hududlar muhofazasiga ma'sul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda viloyatning barcha shahar va tumanlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.