Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan gaz va tutundan himoyalanish borasida o‘quv mashqi o‘tkazildi

Andijon viloyati FVB hamda tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida himoya apparatlarining tuzilishi, tekshirish qoidalari, ular bilan ishlash vaqtida mehnatni muhofaza qilish qoidalari, himoya apparatlaridan to‘g‘ri foydalanish borasida bilim va ko‘nikmalari amaliy tekshirildi. 

O‘quv mashqi davomida xizmat vaqtida xavfsizlik joyida soqchining vazifasini bajarish, “Gaz va tutundan himoya guruhi”ning xavfsizligini ta’minlash uchun guruh to‘liq asbob anjomlari bilan ta’minlanganligi, himoya apparatlarda jangovor, 1-2 sonli tekshiruvlar o‘tkazilishi, gaz va tutundan himoya apparatlari kiyilgan holda ruhiy yo‘lakchalardan yugurish kabi mashqlari bajarilib, xodimlarnig kasb tayyorgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.