“Yashil makon” umummilliy loyihasi

Namangan viloyatining Pop tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumida daraxt ekish tadbirlariga start berildi. Ushbu tadbirda viloyat hokimi, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi faol ishtirok etdi. Kuni kecha bir kunning o‘zida tuman hududidagi Toshkent-Pop-Namangan katta yo‘l bo‘yida 39 km masofaga 50 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib yashil bog‘ yaratish ishlari boshlab yuborildi.