XALQARO HAMKORLIK – DAVR TALABI

Zamonaviy talablar darajasida mutaxassislar tayyorlashda xorij davlatlarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor ahamiyat kasb etadi. 

Kuni kecha, Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati, Fuqaro muhofazasi akademiyasi, Davlat yong‘in xavfsizligi akademiyasi, Sankt-Peterburg Davlat yong‘in xavfsizligi universiteti xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida FVV Akademiyasida oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim xizmatlarini integratsiyalash va dunyo axborot-ta’lim makonida Akademiyaning nufuzini oshirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro fikr-tajriba almashildi.  Shuningdek, mehmonlar tadbir doirasida Akademiya axborot o‘quv-moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar.