Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish tadbirlari

Sirdaryo viloyati hokimi — fuqaro muhofazasi boshlig‘i va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i shuningdek sektor rahbarlari tomonidan kuni kecha tungi vaqtda Mirzaobod tumanidagi bir qator ijtimoiy soha ob’ektlarining quz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Ta’kidlash joizki, shu kunlarda tungi vaqtlarda salqin ob-havo kuzatilmoqda. Ayni holat qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli nuqta —  ob’ektlarining isitish tizimini barqaror ishlashini real sharoitlarda tekshirish imkonini beradi. Shu maqsadda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim ob’ektlardagi “qoniqarsiz” deb baholangan holatlarni yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.