Samarqand viloyatida FVB xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Yurtimizda yashil olamni saqlash va kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bir qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan ham joylarda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda. Xususan, bugun Nurobod tumani FVB xodimlari tomonidan 200 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt nihollari ekildi.