Farg'ona shahrida profilaktik tadbirlar

Farg'ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan "Farg'ona" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan ko'p kvartirali turar joylarda fuqarolar bilan uchrashib, kuz-qish mavsumida gaz va elektr moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, ushbu uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari bilan birgalikda ko'p kvartirali turar joylarning kommunal tizimlarini mavsumga tayyorgarligi bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirildi.