Tinglovchilarning nazariy bilimlari mustahkamlandi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazida boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tayotgan tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash ularda yong‘inlarning oldini olish, yuzaga kelganda qisqa vaqtda bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish maqsadida, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan paxtani qayta ishlash korxonasida ko‘rgazmali amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.