Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ommaviy sayyor qabul b‘olib o‘tdi

Kuni kecha, 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan, Milliy Gvardiya Qashqadaryo boshqarmasida Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilari uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.  

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda faxriylarni qabul qildi. Ommaviy sayyor qabul davomida murojaatchilarning muammolari eshitilib, joyida ijobiy hal etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.