Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Sh.X.Djo‘rayev boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolatini o‘rganish ishlarini olib bordi

 

Ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik  Sh.Djo‘rayev  boshchiligida, Qashqadaryo viloyatidagi aholi va hududlar muhofazasiga ma'sul tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda Qarshi shahrining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan ma'sul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahalla hududidagi ayrim xonadonlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.