Profilaktik tadbirlar Andijon viloyati misolida

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkibi tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ko‘p kvartirali uylar va ularning yertoʻlalalari hamda ijtimoiy soha obyektlarida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.  Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan aholi hamda hududlar muhofazasiga ma’sul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Tadbir davomida is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham amalga oshirildi.