Yoshlikda olingan bilim — toshga o‘yilgan naqsh kabidir.

Hayotiy bilimlar asosan bolalik chog‘idanoq ular ko‘ngliga muhrlanadi. 

Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan tabiiy ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash  tadbirlari doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 344-sonli maktab o‘quvchilari bilan “Zilzilani vujudga keltiruvchi tabiiy omillar, uning talafotlarining oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar  o‘tkazildi.