Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar

Namangan viloyati FVB boshlig‘i tomonidan daxldor tashkilotlar bilan birgalikda Pop tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarini kuz-kish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida hududdagi isitish qozonxonalari, ko‘mir saqlash joylari va yong‘inga qarshi qalqonlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi va muddat talab etadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Bu boradagi ishlar respublikamizning barcha hududlarida kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.