Aholi va hududlar xavfsizligi yo‘lida  

Buxoro viloyati FVB xodimlari daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan ko‘p kvartirali uylar va ularning yertoʻlalalari hamda ijtimoiy soha obyeklarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bormoqda.  O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tegishliligi bo‘yicha aholi hamda hududlar muhofazasiga ma’sul tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etilib, muddat talab etiladigan kamchiliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berilmoqda.
Tadbir davomida aholiga is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarni oldini olish borasida keng qamrofli tushuntirishlar ham olib borilmoqda.