Andijon viloyati FVB xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va kengaytirish jadal tus olmoqda.  Ana shu maqsadda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunday ezgu amaliy harakatlarni Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyati misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Boshqarma harbiy xizmatchi va xizmatchilari “Bog‘i Bobur" hududida o‘zlari uchun ajratilgan yer maydoniga ikki yuzga yaqin turli xil manzarali ko‘chatlarini ekib, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Bunday tadbirlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalari tomonidan uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.