Tungi o‘quv-amaliy taktik mashq

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kompaniya tadbirlari doirasida viloyat hududida 24 soat davomida muntazam faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalarda tungi o‘quv-amaliy taktik mashq o‘tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi mashq Chirchiq shahridagi “UZTEX” MChJ da tashkil etilib, unga hamkorlikdagi tashkilotlar jalb qilindi.
Mashq jarayonida korxona hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etish va to‘g‘ri harakat qilish hamda jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi yordam ko‘rsatish amaliy tarzda bajarildi.