Qoraqalpogiston Respublikasi Shomanoy tumani FVB xodimlari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Tuman hududidagi 15-son umumtalim maktabi, 6-son Maktabgacha talim muassasasi hamda 54-son Qishloq shifokorlik punktlarining yong'in xavfsizligi holati o'rganilib, yong'in va favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shomanoy tumani hududidagi “Madaniyat” MFY, “Navruz” MFY hamda “Begyop” OFYda yashovchi fuqarolar xonadonlarining xavfsizlik holatlari o'rganilib, yong'inlarning, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is-gazidan zaharlanishning oldini olish borasida tadbirlar amalga oshirildi.