ONA TILI – MILLAT MA’NAVIYATINING MUSTAHKAM POYDEVORI

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi oʻrtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan 2023-yilning 21-oktabr kuni IIV Akademiyasida “Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevori” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi. 
Ilmiy-amaliy konferensiyada FVV Akademiyasi “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik M.Badalbayeva “Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va oldini olish sohasida davlat tilining qoʻllanilishi masalalari” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan FVV Akademiyasi kursantlari jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarda she’rlar oʻqib berildi, jonli ijroda qoʻshiqlari tinglandi.