GURLAN TUMANIDA “QUTQARUVCHILAR BOG′I” TASHKIL ETILMOQDA 

Mamlakatimizda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarni uzviy davomi sifatida Gurlan tumanida “Qutqaruvchilar bog‘i” tashkil etilmoqda. 
Mazkur boqqa 100 tup yapon sakurasi, 100 tup terak, 80 tup olcha, 70 tup olma va 50 tup o‘rik ko‘chatlari ekildi.
Darhaqiqat, ushbu ekilayotgan navlar kelgusida tabiatimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshib, atrof-muhitni yanada koʻkalamzorlashtiradi. Bu esa insonlarga nafaqat yaxshi kayfiyat ulashadi, balki salomatlik uchun ham juda foydali soʻlim maskanga aylanadi.