Profilaktik tadbirlar Boysun tumani misolida

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Boysun tumaning "Mustaqillik" mahallasida joylashgan ko‘p kvartirali uylar va ularning yertoʻlalalari hamda ijtimoiy soha obyeklarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.  Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan aholi hamda hududlar muhofazasiga ma’sul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Tadbir davomida is gazi, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham amalga oshirildi.