Kuz-qishga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev, Yakkasaroy tumanidagi “Armug‘on” mahallasida tuman hokimi N.Allabergenova hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda “Yashil makon” milliy loyihasi va kuz-qishga tayyorgarlik holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida mahallaning beshligi bilan ham suhbatlashdi va ular tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullarning ma'lumotlari eshitilib, mahalladagi ishlarni sifatli olib borish uchun kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.