Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik!

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat IIBB, viloyat hokimligi va tegishli tashkilotlar ishtirokida Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududidagi "Madaniyat" MFY, "A.Temur" MFY va "Baxor" MFYlar hududida joylashgan ishtimoiy soha obyektlari, ko‘p qavatli turar-joy binolarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib chiqildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar rahbarlariga bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.