Inson hayoti saqlab qolindi

Bugun, 21-oktabr kuni soat taxminan 13:44 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi “Yuqori qoraqamish” kanalida no’malum fuqaro suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida shahar FVBning Tezkor boshqaruv markaziga xabar tushgan. Shunga ko‘ra zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqishgan va birinchi yordam ko‘rsatishgan. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan. Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshi.