“Oʻzbek tili — milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!”

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda, Qarshi davlat universiteti O'zbek filologiya fakulteti o'qituvchisi, jurnalist Egamov Nuriddin Norqobilovich mavzuga oid ma’ruzasi bilan ishtirok etib, yurtimizda o‘zbek tiliga berilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan muhim islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.