“Tariximsan, Taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim”

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat Madaniyat markazi bilan hamkorlikda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Tariximsan, Taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hududiy bo‘lim va tarkibiy tuzilmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Til tafakkur gulshani” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilib, faxrli o‘rinni egallagan xodimlar taqdirlandilar.