Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi majlislar zalida "21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan ma'rifat soati o‘tkazildi

Bugungi oʻtkazilgan "Maʼnaviyat va maʼrifat" soatida Farg'ona Davlat universiteti Adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchilari tomonidan shaxsiy tarkibga o'zbek tilining milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik va buyuk qadriyat ekanligi to'g'risida mazmunli ma'ruza o'qib eshittirildi. 
Farg'ona viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan buyuk alloma Ahmad al- Farg'oniy bobomizning "Moziyga sayohat" nomli sahnalashtirilgan badiiy chiqishlari orqali tarixda ham tilning qay darajada muhim o'rin kasb etgani, qolaversa, tilimizning boy tarixga ega ekanligi yaqqol gavdalantirib berildi.
Tadbir so'ngida tadbirni yuqori saviyada tashkillashda munosib hissalarini qo'shganliklari uchun ishtirokchilarga estalik song'a sifatida kitoblar sovg'a qilindi.