21 oktabr - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan Jizzax viloyati FVBda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi

Tadbir avvalida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda o‘zbek tilining rivojlanishi, o‘tmishi va hozir” mavzusida Hamid Olimjon va Zulfiya  nomidagi ijod maktabi Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Erkin Ochilov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, “21 oktabr -O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan “Til-millat ko‘zgusidir” mavzusida O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mehribon Abduraxmonova o‘zining jo‘shqin she’rlari bilan maruza qildi.
Tadbir yakunida “21 oktabr O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun “Bir juft kitob” hamda “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiorlari ostida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.