“Tilini asragan, elini asraydi” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Fuqaro muhofazasi institutida 21 oktyabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mutaxassislari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda o‘zbek tiliga berilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan muhim islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, Institut harbiy xizmatchilari va xizmatchilari  Adiblar hiyoboniga tashrif buyurishdi.