Kitob yarmarkasi o‘tkazildi

Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlardan biri hisoblanadi. 

Shu ma'noda, bugun, 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida “Kitobga mehr” shiori ostida kitob yarmarkasi yuqoridagi fikrimizning amaldagi isboti bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda kitobxonlar o‘zbek va jahon adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan mashhur adib, yozuvchi, siyosatshunoslarning tarixiy, badiiy, detektiv hamda psixologik mazmundagi kitoblari keng qiziqish bilan qabul qilindi, aksariyat adabiyotlar shu yerning o‘zida mutolaa qilish uchun xarid qilib olindi.