Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida kitob yarmarkasi o‘tkazildi

Bugun, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 21-oktabr "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan kitob yarmaskasi tashkil etildi. Kitob yarmaskasini tashkil etishdan asosiy maqsad harbiy xizmatchi va xizmatchilarning bilim saviyasi va dunyoqarashini rivojlantirish, xodimlar va ularning oila a'zolarini kitob mutolaasiga jalb qilishdir. Shuningdek, shaxsiy tarkib tomonidan badiiy, sarguzasht va she'riy publisistik kitoblar qiziqish bilan xarid qilindi.