TIL ─ MILLAT KO‘ZGUSI

Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” – degan so‘zlaridan chuqur  hikmat bor desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.
Barchamizga ma’lumki, mustaqil diyorimizda 21 oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. 
Ana shunday tadbirlardan biri, 2023 yilning 18 oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “Til-millat ko‘zgusi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.