Faxriylarga ehtirom

Favqulodda vaziyatlar vazirligida navbatdagi xayrli tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda butun umrini ona vatan va xalq tinchligi, xotirjamligini ta’minlashga bag‘ishlab, jamoat ishlarida namunali xizmat ko‘rsatgan, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan   general-mayor Axmedov Qоsimali Xashimovich, iste’fodagi polkovniklar Ikramov Ergashvoy Djumaboevich, Mirzaitov Mirzaxid Miragzamovichlarga davlatimiz rahbari tomonidan ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. O‘z navbatida,   mukofot sohiblari -  qadrli ustozlarni ushbu e’tibor va e’tirof bilan chin dildan muborakbod etgan holda, bundan keyin ham shogirdlarga dono maslahatchi va ko‘makdosh bo‘lib yurishlarini tilab qolamiz.