Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi ishchi guruh Yunusobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik xolati bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi 

Ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, bunda aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida, Yunusobod tumani hokimi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tumanning “Posira” va “Otchopar-2” mahallalarida aholi bilan uchrashib, ko‘p kvartirali uylar hamda ijtimoiy soha obyeklarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi. 

O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan aholi hamda hududlar muhofazasiga ma’sul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.