Shahrisabz  “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyda 18-oktabr  “Temuriylar tarixi davlat muzeyi” ochilgan kun “Milliy g‘urur, iftixor koshonasi”  mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati davomida o’quvchilar “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ning barpo etilish tarixi, joylashgan o’rni va  undagi buyuk sarkardaning ibratli hayot yo’li, vatan mudofaasi yo’lidagi shiddatli janglarda ko’rsatgan qahramonliklari hamda mustaqillik yillarida nomini abadiylashtirish yo’lida amalga oshirilgan ishlar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.