Shaxmat musobaqasi

Kuni kecha, Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da Navoiy viloyati FVB harbiy xizmatchi va xizmatchilari o'rtasida sportning “Shaxmat” turi boʻyicha "Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi kubogi" musobaqasi o‘tkazildi. 

Musobaqa dastlab qura tashlash yo‘li bilan ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tkazilib, belgilangan nizom talablari asosida o‘tkazildi.

Murosasiz kechgan baxslar natijalariga ko֥‘ra:

1-oʻrinni ''Navoiyazot" AJ OYoXTTEB oddiy askar K.Karimov.

2-oʻrinni Navoiy shahar FVB oddiy askar Sh.Hamrayev

3-oʻrinni "Asia Trans Gaz" MChJ OYoXTTEB oddiy askar O.Xudoyberdiyev

Gʻoliblikni qo‘lga kiritganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.