Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan polkovnik Muxitdinov Muxtar Yashnarovich O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Muxtar Muxitdinovga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qoladi.