Namangan viloyatida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar

FVV vakili va Namangan viloyati FVB xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida Davlatobod tumanida kuz-qish mavsumi betalofat o‘tkazish, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo’ldan ishlar o‘rganildi. O‘rganish ishlari davomida tuman hududida joylashgan ko’p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni tegishliligi bo‘yicha bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.