Qashqadaryoda sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Qarshi shahar Bolalar-o‘smirlar sport maktabida bo‘lib o‘tgan musobaqada 97 nafar  shaxsiy tarkib 7 ta vazn toifasi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra musoboqa g‘olib va sovrindorlari viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.