Andijon viloyatida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda 

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Asaka tumanida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir. O‘quv mashqi 19-oktyabr kuniga qadar davom etadi.