Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Xikmatov Bekzod Fazliddinovich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Xikmatov Bekzod Fazliddinovich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti boshligʻining birinchi oʻrinbosari (o‘quv, ilmiy va inovatsiya bo‘yicha) lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Bekzod Xikmatovga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qoladi.