Tungi vaqtda ham xizmat davom etadi

Toshkent viloyati FVB tomonidan "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi tadbirlari doirasida viloyat hududida kunu-tun faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish korxonalarda tungi o‘quv-amaliy taktik mashq o‘tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi o‘quv mashqi Ohangaron shahrida joylashgan korxonalarning birida tashkil etilib, korxona hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etish va to‘g‘ri harakat qilish hamda jabrlanganlarni qutqarish tadbirlari amaliy tarzda bajarildi.