Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ashurov Botir Muqimovich Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Ashurov Botir Muqimovich Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari - Shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati  Botir Ashurovga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qoladi.