Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Egamnazarov Bunyod Soxibnazarovich Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Egamnazarov Bunyod Soxibnazarovich Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati  Bunyod Egamnazarovga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida ulkan muvoffaqiyatlar tilab qoladi.