O‘quv seminari o‘tkazildi

Kuni kecha, FVV Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining prokuror-kriminalist xodimlari bilan o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarini Institut boshlig‘i texnika fanlari falsafa doktori (PhD), polkovnik S.M. Djo‘rayev Institutning tashkil topshi tarixi haqida kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng Institutning malakali xodimlari tomonidan o‘quv seminari ishtirokchilariga “Yong‘in joyini ko‘zdan kechirish va ashyoviy dalillarni olish tartibi”, “Yong‘in-texnik va yong‘in kimyoviy ekspertizasini tayinlash” tartiblari va laboratoriya tadqiqotlarini olib borish hamda ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlar atroflicha yoritildi.

Shuningdek, ekspertlarga soha yo‘nalishiga bevosita aloqador bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.