⚡️Yong‘in sodir bo‘lganda harakat qilish tartibini bilasizmi?

☝️Qonunchilikka ko‘ra,  har bir fuqaro yong‘inni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur:

🔹 zudlik bilan «101» telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmasiga xabar berish (xabarda voqea sodir bo‘lgan manzil, yong‘in chiqqan joy va o‘zining familiyasini aytish);

🔹 odamlarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish choralarini ko‘rish;

🔹 imkon qadar mavjud yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari bilan yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish.