“13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”

Namangan viloyati FVB tomonidan “13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” munosabati bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani hamda boshqa bir qator tadbirlar o‘tkazildi. 

Tadbir davomida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlarga to‘xtalib, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. 

Shu bilan birga, tibbiyot kollejida talaba yoshlar bilan davra suhbati tashkil etilib, tadbir so‘ngida talaba yoshlarga yong‘in qutqaruv avtomashinalari va ulardagi yong‘in o‘chirishdagi asbob-anjomlari va qutqaruvchilarning kiyim boshlari haqida to‘liq ma’lomular taqdim etildi. 

Shuningdek, Namangan viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabida rasm chizish ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, maktablar rahbar va hodimlariga zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyingi holatda to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini o‘rgatish va ularning ko‘nikmalarini oshirib borish bo‘yicha tushunchalar berildi. 

Tadbir davomida “Barkamol avlod” maktabi o‘quvchilari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 

Tadbir so‘ngida o‘quvchi yoshlar chizgan rasmlar baholanib, yoshlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.