“13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazida “13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”ga bag‘ishlangan o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. Unda universitetning talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mazkur o‘quv amaliy seminarda ishtirok etgan talaba-yoshlar tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, muassasa hududida Toshkent shahar FVB yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari va Olmazor tuman FV bo‘limi xodimlarining ko‘rgazmali amaliy chiqishlari namoyish etildi.